2024-yil 24-yanvar kuni “КорпИнфо” telegram kanalida e’lon qilingan “Фирма советника министра в здании фондовой биржи?!” nomli postga munosabat

“Infraziya Kapital” MChJ QK (keyingi o‘rinlarda – Infraziya yoki korxona) 2024-yil 24-yanvar kuni “КорпИнфо” telegram kanalida e’lon qilingan “Фирма советника министра в здании фондовой биржи?!” nomli postga munosabat bildirish maqsadida quyidagilarni ma’lum qiladi.

Infraziya tomonidan faoliyat yuritilayotgan yuridik manzil – Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li MFY, Mustaqillik shoh ko‘chasi 107-uyda joylashgan “Toshkent” Respublika fond birjasi binosining 1-qavatida joylashgan ofis xonasi uchun ijara shartnomasi www.e-auksion.uz platformasida bo‘lib o‘tgan elektron auksionda ishtirok etish va mazkur auksionda g‘olib bo‘lish orqali bozor narxida rasmiylashtirilgan.

Ma'lumot uchun: “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan ijaraga berish uchun bo‘sh ofis xonalarini muntazam ravishda www.e-auksion.uz platformasida bo‘lib o‘tadigan elektron auksion savdolariga qo‘yib kelinmoqda va xohlovchi yuridik yoki jismoniy shaxslar mazkur savdolarda qatnashishlari mumkin.

Shu sababli “Infraziya Kapital” MChJ QK “КорпИнфо” telegram kanali tomonidan mazkur holat manfaatlar to'qnashuvi taassurotida ifoda etilganini haqiqatga zid etib baholaydi hamda korxona ta‘sischilaridan biri – Odilbek Isakov davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanmasligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, “КорпИнфо” telegram kanali tahririyatini noto‘g‘ri ijtimoiy fikr yaratishdan oldin xolislik tamoyillari asosida ikkinchi  tomonning fikrlari va faktlarni o'rganishga ("fact checking") chaqiradi.

O‘z navbatida, korxona jamoatchilik va matbuot bilan muloqotga doimo ochiq ekanini bildirib, tegishli masalalarda [email protected] elektron pochtasi orqali korxona rahbariyati bilan bog‘lanish mumkinligini ma’lum qiladi.