Odilbek Isakov

Bosh direktor va Ta’sischi

Odilbek Isakov Infrasia Capital kompaniyasining bosh direktori va asoschilaridan biri.
Odilbek 2019-yilning martidan 2023-yilning fevraligacha O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qarzlarni boshqarish, Davlat g‘aznachiligi va kapital bozorini rivojlantirish Departamentlari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.
Hukumatdagi davridagi asosiy yutuqlari:
Normativ-huquqiy bazani modernizatsiya qilish: “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun (2019-yil), “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun (2021-yil), “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun (2023-yil) va “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonunlar (loyihalarni ishlab chiqish yakunlandi)
2021-2022 yillar davomida umumiy qiymati 3.8 mlrd AQSH dollariga yaqin bo’lgan 10 ta infratuzilma loyihalarini tijoriy yakunlashga erishish;
Tashqi moliyalashtirish: 2.6 mlrd AQSH dollariga yaqin yevrobondlar chiqarildi hamda 20 mlrd so’mlik infratuzilma loyihalari va davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan suveren kreditlar ajratildi (2019-2022)
Davlat obligatsiyalari bozorining o’sishi: davlat obligatsiyalari bozori hajmi 2018-yildagi 600 milliard so’m (60 mln AQSH dollari) dan 2022-yilda 12 trln so’m (1.1 mlrd AQSH dollari) ga oshdi
Kapital bozoridagi islohotlar: “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun ishlab chiqildi, “O‘zAvto” IPO (tarixdagi eng yirik) yakunlandi, kapital bozori infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi farmon ishlab chiqildi, mahalliy bozorni Clearstream bilan bog’lash loyihasi ishga tushirildi.
ESG tamoyillarini amalga oshirish: Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) obligatsiyalari 2021 yilda Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (CEEMEA) mintaqasida 2,5 trillion soʻmga chiqarildi va keyinchalik taʼsir hisoboti taqdim etildi. Obligatsiyalar Xalqaro majburiyatlar va tamoyillar assotsiatsiyasi (ICMA) standartlariga mos keladi.
Tarixiy muhim xususiylashtirish: Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasining hukumat ulushini 252 mln AQSH dollari (2020-2021 yillarda) xorijiy investorga sotish.
O’zbekiston hukumatiga qo’shilishdan oldin, Odilbek HSBCda 12 yillik muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.
CEEMEA mintaqasidagi hukumatlar va korporatsiyalarga kapital bozorlarida qarz mablag’larini jalb qilish masalalari bo’yicha maslahatlar bergan.
CEEMEA mintaqasi mamlakatlari (masalan, Polsha, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Janubiy Afrika, Ruminiya, Slovakiya va boshqa CEE mamlakatlari) mijozlari uchun umumiy qiymati 115 milliard AQSH dollariga yaqin bo’lgan 70 ta o’tkazmalani amalga oshirishda ishtirok etdi.
Odilbek Strathclyde universitetining Moliya sohasi bo’yicha magistr darajasiga va CFA kvalifikatsiyasiga ega hisoblanadi.