Abdullo Mahmudov

Katta konsultant

Abdullo Mahmudov hozirgi vaqtda DXSH (Loyiha Boshqarish) sohasidagi mutaxassis sifatida Infrasia Capital Ltd. kompaniyasida faoliyat yuritib kelmoqda.
2022 yilda kompaniyaga qo’shilguniga qadar, Abdullo 2022 va 2023 yillar mobaynida Janubiy Koreyadagi “KDI School of Public Policy and Management” maktabida Muqobil Iqtisodiy Rivojlanish dasturi bo’yicha magistratura bosqichini tamomlagan.
Akademik sohadagi yutuqlariga qo’shimcha ravishda, Abdulloning 2023 yilning noyabr oyida CFA imtihonining birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o’tganligi, uning kasbiy rivojlanish, moliyaviy tahlil va investitsiya boshqaruvida o’z ekspertlik darajasini oshirishga intilishini aks ettiradi.
2018-2022 yillar davomida, Abdullo O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat Qarzini Boshqarish departamentida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan, va Bo’lim boshlig’i darajasigacha ko’tarilgan. Ushbu vazifasida u xalqaro moliya institutlaridan kredit va grant mablag’larini jalb etish bilan shug’ullangan.
Asosiy erishilgan yutuqlar:
2021-2022 yillar davomida Xalqaro Moliya Institutlarida byudjetni qo’llab-quvvatlash maqsadlari uchun umumiy miqdori 1 milliard AQSh dollaridan ortiq quartz mablag’larini jalb qilgan.
Energiya, ta’lim, sog’lik, transport va boshqa sohalariga yillik umumiy miqdori 4 milliard AQSh dollaridan ko’proq bo’lgan loyihalar doirasida qarz va loyiha hujjatlari tayyorlanish jarayonlarida yaqindan ishtirok etgan.
JP Morgan Chase & Co. bilan 200 million AQSh dollari miqdoriga birinchi marotaba amalgam oshirilgan hedjlash operatsiyalaridaa faol qatnashgan. Bu orqali valyuta hatarini kamaytirishga erishilgan.
Loyiha ta’sirini baholash hujjatlarini tayyorlash jarayonlarida yaqindan ishtirok etgan.
O’zbekiston nomidan banklar, Xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan kredit muzokaralari jarayonlarida asosiy muzokarachi sifatida ishtirok etgan.
O’zbekistonning ilk suveren reytingi olish jarayonida ishtirok etgan.
O’zbekistonning debut yevroobligatsiya chiqarishida ishtirok etgan.
Texnik izlanish hujjatlari, loyihaning baholash hujjatlari va loyihaning amaliyot qoidalari, shuningdek sotib olish rejalarini baholash jarayonlarida qatnashgan.