Davlat-xususiy sheriklik doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida “Infrasia Capital” jamoasi faol ishtirok etdi

Joriy yilning 29-fevral kuni Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tashabbusi hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasining ko‘magi bilan “O’zbekiston-2030” strategiyasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadlari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda vazirlik va idoralar, xalqaro moliya tashkilotlari, investorlar hamda turli jamg‘armalardan vakillar ishtirok etishdi. Tadbirda “O’zbekiston-2030” strategiyasining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni hamda ushbu strategiyada 30 mlrd. AQSh dollari qiymatida davlat-xususiy sheriklik loyihalarining istiqbollari soha mutaxassislari, investorlar va davlat sheriklari tomonidan muhokama qilindi.

“Infrasia Capital” kompaniyasi ushbu tadbirda faol ishtirok etdi. Xususan, kompaniya bosh direktori Odilbek Isakov tadbirning 3-sessiyasi “Xususiy sektorning fikr va mulohazalari” mavzusidagi panel muzokalarida moderator sifatida ishtirok etdi. Ushbu sessiyada “ACWA Power” mintaqaviy direktori Jon Zaidi, “Meridiam” kompaniyasining Yevroosiya bo‘yicha direktori Remy Hassenforder, “Metito” Biznesni rivojlantirish bo‘yicha Bosh menedjeri Valid Madvar, “Suez International” Markaziy Osiyo bo‘yicha Bosh ijrochi direktori Alan Karbonel hamda “Veolia” kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha Rivojlantirish direktori Francois Laforet ishtirok etdilar.

Ushbu sessiya ishtirokchilari so‘nggi olti yil ichida O‘zbekiston davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalariga yirik investorlarni jalb eta olgani qayd etildi. Bunga sabab etib DXSh sohasidgi qulay qonunchilik, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratilgani, xalqaro moliya institutlarining maslahat ko‘maklari va boshqa turli omillarni sanab o’tildi.

Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynidagi ayrim kamchilik, byurokratik to‘siqlarga yechimlar ham ko‘rsatildi. Jumladan, janib Madvar tomonidan DXSh loyihalarini moliyaviy yakunlash (ya’ni loyihaga kredit jalb etish) uchun O‘zbekistonda rekord uzoq muddatdan – 3 yildan ziyod vaqt ketayotgani hamda bu investorlar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘layotganini ta’kidlandi. Yechim sifatida esa Ruanda tajribasi – davlat tomonidan DXSh investorlarga ko'mak berish markazlashtirilishi lozimligi – ya’ni “one stop shop” tizimi joriy etilishi muhimligi qayd edildi. Sessiyada joriy vaqtlarda global moliya bozorlarida shakllangan yuqori foiz stavkalarning DXSh loyihalariga uzoq muddatli ta’siri yo‘qligi aytib o’tildi.

Odilbek Isakov O’zbekiston Respublikasining Yalpi Ichki Mahsulot 2024 yil 100 mlrd AQSh dollaridan oshishi hamda 2030 yilgacha kutilayotgan demografik (Aholi soni 40 mln. nafardan oshishi) va iqtisodiy o‘sish sur’atlari (YaIM hajmi 160 mlrd. AQSh dollariga yetishi) respublikada ko‘plab muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun ham talab ham imkoniyat yaratishini ta’kidlab, sessiyani yopdi.

Davra suhbati doirasida Huquqiy va me’yoriy asoslar deb nomlangan 5-sessiyada mahalliy va xorijiy ekspertlar qatorida “Infrasia Capital” ning Ijrochi direktori Nodir Nuritdinov ham ekspert sifatida ishtirok etdi. Ushu sessiyada Nodir Nuritdinov davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni konsultantlar tomonidan tez va sifatli bajarilishida nimalarga e’tibor qaratish kerak ekanligi haqida o‘zining qimmatli fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jumladan, 2030 yilgacha masqad qilib olingan 30 mlrd. AQSh dollari hajmda DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam va barqaror me'yoriy-huquqiy hamda moliyaviy baza muhim ahamiyat kasb etadi.

DXSh loyihalarining bardavomligini ta’minlash uchun:

  • davlat va xususiy sheriklarning ma’suliyatlari va majburiyatlari DXSh loyihalari tufayli erishiladigan natijalarga maqbul ravishda taqsimlanishi;
  • xususiy sektor tomonidan taklif etilayotgan qurilish harajatlari boshqa usulda moliyalashtirilgan loyiha harajatlari bilan raqobatlasha olishi;
  • fiskal majburiyatlarning aniq va uzoq muddatda turli xil stress ssenariylarda davlat byudjetiga tushadgian yuki aniq hisob-kitoblar asosida rejalashtirilishi lozimligi qatnashilar tomonidan e‘tirof etildi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu davra suhbati O’zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni keyingi bosqichlari belgilab olindi hamda ushbu loyihalar rivojlanishida davlat sheriklari, xalqaro moliya insitutlari, investorlar va maslahatchilar birdek faol ishtirok etishi muhimligi kelishib olindi.